<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><aka>Zabur 51-sano</aka>
<title>Ey zoʻravon</title>
<lyrics>[V1]
 Ey zoʻravon nechun yovuzliging bilan maqtanib
 Tangri inoyati menga doim yor, deb yurasan
 Hoy hiylagar, niyati buzuq
 Keskir ustaradekdir tiling!
 Sen yaxshilikdan koʻra yomonlikni
 Haqiqatdan koʻra yolgʻonni ortiq sevasan
 Ey sen, makrli til
 Qingʻir maqsadlarni ortiq sevasan
 Tangri Oʻzi seni abadiy halok qiladi
 Seni chodiringdan quvib chiqaradi
 Tiriklar diyoridan ildizingni quritib tashlaydi

[V2]
 Solihlar buni koʻrib qoʻrqadilar
 Uning ustidan kulib deydilar
 Qarang, qarang Xudoni tayanchim deb bilmagan
 Davlati koʻpligiga eʼtiqod qoʻyib
 // Boyligiga ishongan odamning oqibati shu! //</lyrics>
</song>